AUTHOR semanticjournals / News

DATE: 2021-10-01
Competition for the best article in Scopus or WOS

Competition for the best article in Scopus or WOS

2021-yil 30-avgust 3/19-30/08-158-son Oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorlikda fanning turli yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlari bilan faol shug‘illanayotgan qobilyatli yigit-qizlarni tanlash, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy ishlar 4–to‘plami uchun “Scopus” vа “Web of Science” xalqaro ilmiy-texnik bazalarida tegishli fan sohasining birinchi yoki ikkinchi kvartiliga kiruvchi ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalar tanlovini o‘tkazishni rejalashtirgan. Eng yaxshi deb topilgan maqolalar to‘plam shaklida chop etiladi hamda pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi. Shu munosabat bilan Sizdan ro‘yxati 1–ilovada keltirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha talabgorlarning maqolalari 2–ilovada keltirilgan talablar asosida rasmiylashtirilishi hamda joriy yilning 1–oktabr kuniga qadar vazirlikning Ilmiytadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi (nauka@edu.uz, telegram: 97 7463721) ga taqdim etilishini ta’minlashingiz so‘raladi.
Ilovada: 4 varaq 
1-ilova TANLOVGA TAQDIM ETILADIGAN MAQOLALAR UCHUN YO‘NALISHLAR KESIMI: 1. Ijtimoiy-gumanitar fanlar, iqtisodiyot va huquq; 2. Tabiiy fanlar, aniq fanlar, texnik fanlar; 3. Qishloq va suv xo‘jaligi; 4. Energetika, resurslar, sanoat; 5. Sog‘liqni saqlash, sport va ekologiya. 2-ilova TANLOVGA TAQDIM ETILADIGAN MAQOLALARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR “Scopus” vа “Web of Science” xalqaro ilmiy-texnik bazalarida tegishli fan sohasining birinchi yoki ikkinchi kvartiliga kiruvchi ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalar «Microsoft Word» matn muharririda yozilishi, .doc yoki .docx formatida, o‘zbek (yoki rus) va ingliz tillarida (tarjimasi bilan) qabul qilinadi. Maqola matni «Times New Roman» shriftida (kegel 12), satrlar oralig‘i 1 pt, yuqoridan, pastdan, o‘ngdan va chapdan 2 sm hoshiya qoldiriladi, yangi satrda xatboshi (abzas) 1 sm, matn sahifa kengligi bo‘yicha tekislangan shaklda, hajmi 6-20 betdan oshmasligi talab etiladi. Formulalar «Microsoft Equation» tahrirlovchisi yordamida yozilishi, matnga grafik, diagramma va rasmlar oq-qora rangda, .jpeg formatida kiritilishi (rasmdagi matnlar «Microsoft Word» matn muharririda, 12 kegl o‘lchamda yozilishi), matnda rasm va jadvallar ketma-ketlik tartibida raqamlanishi, nomlanishi va matnda ilova keltirilishi zarur. Maqolaga soha bo‘yicha UO‘K (universal o‘nlik klassifikasiya) raqami qo‘yiladi (Классификатор УДК // [Электронный материал]. Режим доступа: https://teacode.com/online/udc/).
 ESLATMA Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy-ommabop maqolalar yosh olimlar (40 yoshgacha) va talabalarning faoliyatida ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, tegishli taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim. Tanlov ikkita nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi: birinchi nominatsiya –magistratura talabalari; ikkinchi nominatsiya – doktorantlar/tadqiqotchilar va 40 yoshgacha ilmiy xodimlar. Belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan va qabul qilingan materiallar to‘plam shaklida nashr etilishi belgilangan bo‘lib, mazkur to‘plamga kiritilgan ilmiy maqolalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasining dissertasiyalar natijalarini nashr etishga tavsiya etilgan ilmiy jurnallarda nashr etilgan maqolalarga tenglashtiriladi. Shu munosabat bilan taqdim etilayotgan ilmiy maqolada keltirilgan natijalarning 60-70% qismi asosiy muallifga tegishli bo‘lishi maqsadga muvofiq. Qabul qilingan ilmiy materiallar ko‘chirmachilikka (plagiat) qarshi qat’iy tekshirilishi, soha bo‘yicha yetakchi mutaxassislar tomonidan ekspertizadan o‘tkazilishi ma’lum qilinadi. Maqolalar 2021-yil 1-oktabr kuniga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ilmiy tadqiqot va innovasion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan (E-mail: nauka@edu.uz; telegram: 97 7463721) qabul qilinadi. Belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilmagan va mazmuni talabga javob bermagan materiallar tanlovga qabul qilinmaydi, tanlovga taqdim etilgan materiallar muallifga qaytarilmaydi. Tanlov g‘oliblariga diplom, pul mukofoti va esdalik sovg‘alari beriladi. Tanlov natijalari va g‘oliblari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi. Tanlov ishtirokchilari tomonidan berilgan norozilik arizalari bir kun muddatda shikoyatchi ishtirokida ishchi guruh a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda xulosalar yozma tarzda rasmiylashtiriladi.
Murojaat uchun tel.: (71) 2460187.

 

Recently added science journals